
Elshod jamoaning asosiy tayanchlari va yetakchi a’zolaridan biri. 3 yildan beri jamoamiz bilan birga qadam tashlaydi, tabiat bilan do‘stligi esa 5 yildan ortiq davom etmoqda. Bu vaqt ichida mamlakat hududining 60% dan ortig‘ini kezib, ko‘plab muhim va qiyin cho‘qqilarni zabt etgan. Tashkilotchilik mahorati, turlarni rejalashtirish va jamoani birlashtirish g‘ayrati bilan ajralib turadigan Elshod bir vaqtning o‘zida jamoaning raqamli marketing, reklama strategiyalari va analitika ishlarini professional tarzda boshqaradi. Hiking, kemping, cho‘qqi sayrlari va faol hayot tarzini o‘zida mujassam etib, tabiatdagi boy tajribasi va sahna ortidagi raqamli faoliyati bilan brend rivojida beqiyos rol o‘ynaydi.
No reviews yet.